⚡️DIQQAT, TANLOV!⚡️

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilamiz

Tanlovda Tasviriy san’at fakulteti talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar tasviriy san’atning rangtasvir va grafika turlarida ishlangan bo‘lishi lozim.

 Ijodiy ishlar joriy yilning 5-dekabr sanasiga qadar fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Salim Madartov tomonidan qabul qilinadi.

G‘oliblar:

Gran-pri – 2 000 000 so‘mga teng bo‘lgan rassomlik o‘quv ashyolari.

 1-o‘rin – 1 500 000 so‘mga teng bo‘lgan rassomlik o‘quv ashyolari.

 2-o‘rin – 1 000 000 so‘mga teng bo‘lgan rassomlik o‘quv ashyolari.

3-o‘rin  – 700 000 so‘mga teng bo‘lgan rassomlik o‘quv ashyolari bilan taqdirlanadi. 

Batafsil tanlov nizomida tanishing…
https://t.me/mrdi24yangiliklar/13618