Dilga yaqin diydorlashuv!

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti anjumanlar zalida “Iqtidorli talabalar haftaligi” doirasida “Dilga yaqin uchrashuv” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv kechasi bo’lib o’tdi.

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Botir Sangirov ochib berdi va ijodkor yoshlar bilan uchrashuv kechalarini tashkil etish va ularning ijod mahsullaridan bahramand bo’lish talaba-yoshlarimizning estetik dunyoqarashlarini shakllanishida, ularning kelajakdagi ijodiy faoliyatini boyitishda samarali ta’sir etishini ta’kidlab o’tdi.