15-noyabr sanasida Sergey Borodin uy-muzeyida “Jajji mohir qo’llar” nomli rangtasvir hamda amaliy san’at turlari bo’yicha mahorat darslari tashkil etildi. Mazkur mahorat darsida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti talabalari – Pardayev Ma’rufbek, Makatova Madina, Meliqo’ziyeva Sarvinoz va Ravshanova Adibaxonlar Toshkent shahar Bektemir tumani 291-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o’quvchilariga rangtasvir hamda haykaltaroshlik san’at turlari bo’yicha mahorat darslarini o‘tishdi.
Tadbir davomida jajji ishtirokchilar raqs guldastasini ijro qilishdi. Mahorat darsi mobaynida faol ishtirok etgan ishtirokchilar muzey direktori tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.