Ijodkorning dо‘stlari, ustozlari va oila a’zolari ishtirokida bо‘lib о‘tgan tadbirda Shohruh tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi. Aytish о‘rinliki, Shohruh “Mahobatli rangtasvir” yo’nalishida qilayotgan ijodidan tashqari institutda “Street art” yo‘nalishida ham bir qancha e’tiborli yutuqlarga erishib kelmoqda. Shuningdek, ushbu talabamiz zamonaviy sport turiga aylanayotgan kubik-rubik yig‘ish bо‘yicha “Butunjahon Speedcubinglar Assotsiyatsiya” rо‘yxatiga kiritilgan.