🔆 OBOD YURTDA ERKIN IJOD

Bugun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy sanʼat va dizayn fakulteti “Reklama va amaliy grafika” ta’lim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Begoyim Olimjonovaning 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining 30 yilligiga bagʻishlangan “Obod yurtda erkin ijodim” nomli ilk shaxsiy koʻrgazmasi ochildi. Koʻrgazmani institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Botir Sangirov ochib berdi va isteʼdodli va serqirra Begoyim Olimjonovani ilk shaxsiy koʻrgazmasi bilan muborakbod etgan holda institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning tabrigini bildirdi.

Ko‘rgazmada Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nodira Egamberdiyeva ham ishtirok etib, ijodkorning ilk koʻrgazmasi bilan samimiy qutladi va iqtidorli qizlarimiz yurtimiz faxri va gʻururi ekanligini alohida taʼkidladi.

Begoyim Olimjonova shu kunga qadar rangtasvir yoʻnalishi boʻyicha bir qator tanlov va koʻrgazmalarda faol ishtirok etib, faxrli yutuqlarga sazovor boʻlgan. Xususan, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi tomonidan tashkil etilgan “Yosh qalamkash” respublika tanlovida 1-oʻrin sohibasi boʻlgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy Ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi va Qashqadaryo viloyati hokimiyati tomonidan oʻtkazilgan “Vatan mening nigohimda” mavzusidagi koʻrik-tanlovda tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan “Гениальный дети”  xalqaro koʻrik-tanlovida ishtirok faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Avstriya davlatida oʻtkazilgan “World competition” xalqaro koʻrik-tanlovida 2-oʻrinni qo‘lga kiritib, xalqaro medali bilan mukofotlangan.