Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy taʼlim kafedrasi” oʼqituvchisi Muhayyo Umarova tomonidan 2022-yilning 6-dekabr kuni Аmaliy sanʼat va dizayn fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori” shiori ostida “O‘zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati” mavzusida “Legal awareness” (Huquqiy bilimdonlik) tanlovi o‘tkazildi.
Unda talabalar uchta guruhga: Dizayn interer yo‘nalishining “Intellekt”, Kasbiy taʼlim: dizayn interer yo‘nalishining “Huquqshunoslar”, Kasbiy taʼlim: amaliy sanʼat asarlarini taʼmirlash yo‘nalishining “Liberallar” jamoalariga bo‘lingan holda 3 ta shartdan iborat 1-bosqichli musobaqada ishtirok etdilar.
Hayʼat aʼzolari bo‘lgan “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy taʼlim kafedrasi” dotsenti Nodir Аlimov, Аmaliy sanʼat va dizayn fakulteti tyutorlari Gʼolibjon Jo‘raev hamda Sherzod Jo‘raev tomonidan tayyorlangan konstitutsiyaning 6-bo‘lim, 26-bob 128-moddalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritadigan savollarga javob berildi. Hakamlar hayʼatining qaroriga ko‘ra, “Intellekt” jamoasi 1-o‘rinni, “Liberallar” jamoasi 2-o‘rinni, “Huquqshunoslar” jamoasi 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.