Ma’lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingan edi. Kuni kecha ushbu tanlov g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birtinchi prorektori Botir Sangirov ochib berdi va bu tanlovning asosiy maqsadi– talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini tushuntirish, huquqiy savodxonligini oshirish, “Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash” tamoyili asosida yoshlarning davlat qonunlarini hurmat qilishga, burch va majburiyatlarini vijdonan bajarishga o‘rgatishdan iborat ekanligini, tanlovga ishtirok etgan ijodiy ishlarda ayni shu mavzular aks etganini, bu kabi tanlovlarning tashkil etilishi yoshlar uchun ulkan tajriba bo‘lib xizmat qilishini, institut rahbariyati har bir talabaning ijodiy intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tanlov homiysi GAMMA firmasining Markaziy Osiyodagi vakili Oleg Shvayberov institut va undagi ijodiy muhit, talabalarning ijodiy potensiali unda juda katta taassurot qoldirganini aytib, barcha g‘oliblarni o’zbek tilida muborakbod etdi.
Ushbu tanlovda quyidagi talabalar g‘o‘liblikni qo‘lga kiritdi:
GRAN PRI – Hasan Azimjonov;
1-o‘rin – Ulug‘bek Istamtoshev;
2-o‘rin – Durzoda Abduvohidova;
3-o‘rin – Gulnoza Jabborova;
Eng faol ishtirokchi – Gulchiroy Kurbanaliyeva;
Rag‘batlantiruvchi – Dalerbek Tojiboyev;
Rag‘batlantiruvchi – Tohirjon Ahmedov.
Barcha g‘oliblar “Gamma” xoldingi tomonidan ishlab chiqarilgan rassomlik o‘quv ashyolari hamda diplom bilan taqdirlanishdi.
Ta’kidlash o‘rinliki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda “Gamma” xoldingi o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolangan bo‘lib, uning dorasida bir qancha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Mazkur tanlov ushbu memorandumga binoan tashkil etildi.