O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, dirijyor, xalqaro mukofotlar sovrindori, pedagog va jamoat arbobi Muxtor Ashrafiy tavalludining 110 yilligi va uy-muzeyi tashkil etilganiga 40 yil tо‘lishi munosabati bilan yurtimiz bо‘ylab kо‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, Muxtor Ashrafiy ijodini tasviriy san’at asarlari orqali targ‘ib etish, kompozitor asarlarini plakat janrida talqin etish va asarlarning afishalarda ifodalash orqali yosh rassomlarda uning ijodi haqida keng ijodiy tasavvur uyg‘otish, ularning ijodida milliy ruh va milliy g‘oyani yanada kuchaytirish va har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida Madaniy meros agentligi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar о‘rtasida Muxtor Ashrafiy tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Yosh rassomlar plakat asarlari” respublika tanlovi о‘tkazildi.