19-dekabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-mayda “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qarori va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2023-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka 17.00.04 –Tasviriy va amaliy bezak sanʼati, 17.00.08 – Sanʼat nazariyasi va tarixi, 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash ixtisosliklari boʻyicha talabgorlarni qabul qilish imtihoni boʻlib oʻtdi.
Mazkur imtihonda sanʼatshunoslik fanlari doktori, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasi direktori Kamola Oqilova (rais), institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, tarix fanlari doktori Dilafroʻz Qurbonova, “Sanʼat tarixi va nazariyasi” kafedrasi oʻqituvchisi, sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori Dilzoda Alimqulova, “Muzeyshunoslik” kafedrasi dotsenti, sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori Kamola Nishonovalar tomonidan talabgorlar saralanib olindi.