Kuni kecha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi, Muzeyshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Feruza Hasanova tashabbusi bilan Muzeyshunoslik va sanʼatshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi Ismatova Shahrizoda, Saloyeva Ozoda, 4-bosqich talaba-qizlari Ibodullayeva Gulruhsor, Toirbekova Muxlisalar ishtirokida Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda Shamsiroy Hasanovaning ijodiy faoliyatiga bagʻishlab “Ijodkor ayol timsolida ranglar jilosi” nomli davra suhbati hamda “Yoshlarni maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirishda jahon muzeylarining oʻrni” deb nomlangan maʼanaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida ularga muzeyning yaratilishi, jahon va mamlakatimizdagi muzeylar, anʼanaviy va noanʼanaviy muzeylar haqida koʻplab qiziqarli maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng talabalar tomonidan oʻzbek xotin-qizlaridan yetishib chiqqan ilk musavvira Shamsiroy Hasanovaning tasviriy sanʼatdagi ijodi va uning tasviriy sanʼatda bosib oʻtgan yoʻllari haqida koʻplab qiziqarli maʼlumotlar berib oʻtib, uning hayotiga bagʻishlangan taqdimot va videorolik namoyish etildi hamda oʻquvchilarni tasviriy sanʼatga boʻlgan qiziqishini orttirish maqsadida mahorat darslari oʻtkazildi.