Interyer dizayn sohasi va uning kelajagi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dizayn fakultetining anjumandlar zalida interyer dizayni cohasida mamlakatimizda samarali faoliyat olib borayotgan, “M-DESIGN GROUP” asoschisi Murodjon Toshtemirov ishtirokida ochiq seminar tashkil qilindi. Murodjon Toshtemirov “Interyer dizayn sohasi va uning kelajagi” mavzusida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis sifatida o‘zining bilim va ko‘nikmalarini talaba-yoshlar bilan bo‘lishdi.

Ochiq seminarda institutimiz professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi va davra suhbati qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Seminarda interyer dizaynining zamonga mos rivojlanishi, arxitektura va dizayn sohalarining uyg‘unligi, xalqaro maydonda mutaxassislarga ehtiyojning tobora ortayotganligi, sohadagi yangiliklar bilan hamnafas yashash – davr talabi ekanligi e’tirof etildi. Davra suhbati yakunida Murodjon Toshtemirovga institutimiz rektorining tashakkurnomasi taqdim etildi va Dizayn fakulteti dekani Yulduz Narziyeva talabalarimiz uchun ilm yo’lida motivatsiya berishda o‘zining qimmatli vaqtini ayamay tashrif buyurgan mehmonga institutimiz nomidan esdalik sovg‘asini taqdim etdi.