⚡️BIZNING FAXRIMIZ!⚡️

Yurtimizning tasviriy va amaliy san’at sohalarida yetuk mutaxassislarni yetishtirib beradigan, ijodkor talabalari bilan respublika oliy ta’lim muassasalari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan dargoh – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining iste’dodli talabalaridan biri, samarqandlik yosh haykaltarosh Ma’ruf Pardayevning o‘z sohasi bo‘yicha qo‘lga kiritayotgan natijalari tahsinga loyiq. Tasviriy san’at fakultetining “Mahobatli haykaltaroshlik” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabasi Ma’ruf Pardayev joriy yilning 1-5 fevral kunlari Samarqand viloyatining Narpay tumanida joylashgan Musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston” nomli ko‘rik-tanlovda ishtirok etib, faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar Narpay tumani hokimligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur san’at maktabida iste’dodli talabamizning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.