⚡️MUHIM XUSHXABAR⚡️

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Belbog‘li kurash milliy sport turi  bo‘yicha o‘tkazilgan “UNIVERSIADA–2022” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at fakulteti talabasi Mirzayorov Humoyunmirzo 66 kg vazn toifasi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba bilan talabamizni samimiy muborakbod etamiz va musobaqaning keyingi bosqichida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!