Tadbir avvalida mehmon bolalikdagi orzusi, xususan, boshlovchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishi, turli to‘siqlar, ustozlarining maslahatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng talabalar, ayniqsa, talaba-qizlar uchun vaqtdan qanday unumli foydalanish, oldiga maqsad qo‘yish va unga intilish uchun nimalarga e’tibor qaratish borasida fikr-mulohazalarini bayon etdi hamda talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdi. Suhbat davomida Qunduzxon Abdullayeva o‘zi yoqtirgan kitobi haqida to’xtalar ekan, Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” hamda “Humoyun va Akbar” (Avlodlar Dovoni) nomli asarlarini sanab o‘tdi.