KO‘HNA VA NAVQIRON SAMARQANDGA SAYOHAT

Yoshlar ongiga Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirish, mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi, tabiiy boyliklari bilan tanishtirish va keng targ‘ib qilish maqsadida, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti va Tasviriy san’at fakulteti talabalari yurtimizning turizm markazlaridan biri bo‘lgan qo‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrining tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishdi. Talabalar buyuk sarkarda Amir Temur maqbarasi, mahobatli Registon maydoni, Bibixonim madrasasi, buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Shoxi Zinda ansambli, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi kabi tarixiy va muqaddas obidalarimiz bilan yaqindan tanishdilar.

Yer yuzining sayqali hisoblanmish Samarqand shahriga sayohat barchada yaxshi va unitilmas taassurot qoldirdi. Talabalar sayohat davomida Samarqand shahriga dunyoning ko‘plab davlatlaridan tashriy buyurgan chel ellik sayyohlarga duch kelishdi. Quvonarlisi, bilimli va zukko talabalar sayyohlar bilan chet tillarida biyron so‘zlashib, ularga muqaddas va tarixiy binolar, buyuk ota-bobolarimiz hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlarni berishdi. Sayyohlar ushbu muloqot va axborotlardan xursand bo‘lishdi.