XUSHXABAR!

Qadrli talabamiz, Nargizaxon Yo‘ldosheva!

Sizni erishgan ulkan muvaffaqiyatingiz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Sizga sihat-salomatlik, o‘qish va ijodingizda ulkan muvaffaqiyatlar, san’at sohasida ulkan parvozlar tilayman. Sizdek intiluvchan, zukko va qobiliyatli talaba-qizlar institutimizning faxr-iftixoridir. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Abbosjon MIRZORAHIMOV,

Kamoliddin Behzod nomidagi

Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori