Faxriy ustozlar bilan ijodiy uchrashuv

Bugun Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston xalq ustasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, zargar Fasixitdin Dadamuhamedov bilan ijodiy uchrashuv hamda mahorat darsi tashkil etildi. Suhbat davomida tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga Mironshoh Mirzo va Gavharshod begim uzuk-muhrlarining nusxalarini yaratilish jarayonlari haqida barafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, Amaliy san’at fakultetining “Badiiy zargarlik” bo‘limi talabalari ishtirokida ham mahorat darsi o‘tkazildi!