Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti san’atning nafaqat rassomlik, dizaynerlik, amaliy san’at yo’nalishlarida tahsil olayotgan yoshlar balki, haykaltaroshlik turida ijod qilib kelayotgan, kelajagi porloq talabalar ham bor. Shu kabi yoshlardan biri Tasviriy san’at fakultetining “Haykaltaroshlik: mahobatli” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi O‘lmasbek Yoqubov bo’lib, tasviriy san’atning haykaltaroshlik turida ustozlaridan saboq olib kelayotgan ijodkordir. Kuni kecha, O‘lmasbekning turli xildagi kompozitsion haykallaridan iborat ilk shaxsiy ko‘rgazmasi “Ijodiy izlanish” nomi ostida tashkil etildi.
Ijodiy ishlar ko’rgazmasida O‘lmasbekning 10 dan ortiq turli texnikadagi kompozitsion haykallari o’rin olgan.
Kо‘rgazmaning ochilish marosimida institut rahbariyati, yosh ijodkorning ustozlari va do’stlari sо‘zga chiqib, ijodiy barkamolligi endigina kurtak otayotgan talaba haqida о‘zlarining samimiy fikrlarini bildirishdi. Yosh ijodkor haykaltarosh O‘lmasbek Yoqubovning kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va ijodiy parvozlar tilagan holda yetuk haykaltarosh bo‘lib kamol topishiga ishonch bildiramiz. Orzulari osmon iste’dodli talabamizning ijodiy namoyishlari bardavom bo‘lishiga tilakdoshmiz.