ISTE’DODLI YOSHLARIMIZ!

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Westministor international schoolda bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at fakulteti dekani Ruslan Holiqov boshchiligida fakultetning faol talabalari Zarina Husenova, Nargiza Yo’ldosheva va Sitora Pardaboyevalar o‘zlarining ijod namunalari bilan faol ishtirok etishdi.

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi  Toshkent Markaziy Eko bog‘ida bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at  va Tasviriy san’at fakultetlari talabalari o‘zlarining ijod namunalaridan iborat bo‘lgan ko‘rgazmalari bilan faol ishtirok etishdi.