2022-2023 o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarining dissertatsiya himoyalari – yakuniy kun!

Bugun “San’at asarlari va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” mutaxassisligi hamda “Badiiy kulolchilik” mutaxassisligi bitiruvchi magistrlari о‘z dissertatsiya ishlarini himoya qilishdi.

Himoya jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining Tasviriy va amaliy bezak san’ati bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi, s.f.d. (DSc) Surayyo Aliyeva boshchiligida tashkil etilib, soha mutaxassislari va dizaynerlar  ishtirokida yuqori ruhda o‘tkazildi.

Magistratura bо‘limi boshlig‘i Ma’mura UMARXODJAYEVA:
– Kechagina magistratura bо‘limiga qabul qilingan bir-biridan iqtidorli va iste’dodli yoshlarimiz bugun mazkur ilmiy darajani olish uchun himoyadan о‘tishmoqda. 2 yil mobaynida о‘z ustilarida ishlab, ilmiy faoliyat olib borgan magistrantlar bugun katta hayot ostonasida yana bir yuksak pog‘onani bosib о‘tishmoqda. Barcha magistrlarga ulkan parvozlar va ilmiy-pedagogik faoliyatlarida muvafaqqiyatlar yor bо‘lishini tilab qolaman, — deya о‘zining samimiy tilaklarini bildirib о‘tdi.

✨Ilm yо‘lida jonbozlik kо‘rsatib, badiiy ta’lim istiqboli va milliy san’atimiz taraqqiyotida izlanishlar olib borayotgan barcha magistrlarni a’lo darajadagi himoyalar bilan tabriklaymiz!