18-MAY — XALQARO MUZEYLAR KUNI!

18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan bugun Kamoliddin Behzod  nomidagi  Milliy rassomlik va dizayn institutining Amaliy san’at  fakulteti tyutori Mehriddin Sharopov va O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi B.Nusratovlar boshchiligida bir guruh talabalar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida bo‘lib, Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdi. Tadbirdan so‘ng
talabalar muzey ekspanatlari bilan tanishib chiqdilar.

Dizayn  fakulteti tyutorlari boshchiligida bir guruh talabalar ishtirokida Ozbekiston davlat san´at muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.