ZAKOVAT – 3-MAVSUM, 8-TUR!

Talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini ko‘tarish va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Zakovat” intellektual tur o‘yinlarining 3-mavsum bellashuvlari davom etmoqda

✨Kuni kecha mavsum o‘yinlarining sakkizinchi turi qizg‘in bahslarga boy tarzda tashkil etildi. O‘yin jarayonlari bevosita klub koordinatori Sarvar Musurmonov tomonidan tizimli tarzda olib borildi.

⚡️8-tur o‘yinlarida institutning bilimdon yoshlaridan iborat jami 8 ta jamoa о‘zaro bellashdi.