RANGLI DEBYUT — IJODIY PARVOZ!

Kuni kecha Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti “Dastgohli rangtasvir” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Farrux Mamadiyorovning “Rangli debyut” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimi avvalida O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Rangtasvir sho‘ba raisi Murtazo Ergashev, institutning Tasviriy san’at fakulteti “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi mudiri Eshmamat Haitov hamda yosh ijodkorning ustozlari va yaqinlari so‘zga chiqib, Farrux mehnatkash va intiluvchan yoshlardan biri ekanligi, uning ijodi ayni paytda o‘rganish bosqichida bo‘lishiga qaramasdan, o‘z yo‘li va yo‘nalishiga ega bo‘lib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tishdi.