ILM YO‘LIDAGI YOSHLAR

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Muzey menejmenti va madaniy turizm ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ozoda Saloyeva Amerika Qo‘shma Shtatlarining Pittsburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Ko‘p tarmoqli tadqiqotlar va akademik ta’lim” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi va “The uniqueness of Kamoliddin Behzod’s work” nomli maqolasi konferensiya to‘plamida nashr etildi.

Ilmiy rahbar – Muzeyshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Hasanova