TANLOV G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Feruza Hasanova tashabbusi bilan talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish va malakali kadr bo‘lib yetishishlariga ko’maklashish maqsadida o‘tkazilgan “Eng yaxshi ilmiy-ommabob maqolalar muallifi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Tanlov materiallari fakultet dekani Sayyora Saidova rahbarligidagi komissiya a’zolari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇MMT yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ozoda Saloyeva – 1-o‘rinni,
🥈MPEKT yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sabohat Tulqunova – 2-o‘rinni,
🥉MPEKT yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Nilufarxon To‘ychiyeva hamda Munisa Yarashova – faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

✨Tanlovni yuqori saviyada tashkil etganligi uchun Feruza Hasanova fakultet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.