KVARTET

✨Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining yosh, iqtidorli talabalari – Dastgohli rangtasvir ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi G‘olib Xolmurodov, shu yo‘nalishning 2-bosqichida tahsil olayotgan Asal Abdullayeva, Professional ta’lim: dastgohli rangtasvir taʼlim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Umid Djononov hamda Professional ta’lim: Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Sitora Nomozovalar o‘zlarining “Kvartet” nomli ko‘rgazmasini tashkil etdilar.