Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sulaymon Yo‘ldoshev tavallud topgan kun.

Sulaymon Yo‘ldoshev 1998-yilda Xorazm viloyatida tavallud topgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati mobaynida San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti ish yurituvchisi, Teatr bezagi rangtasvir kafedrasi ishlab chiqarish ta’lim ustasi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi vazifalarida sermahsul faoliyat olib borgan.

Hurmatli Sulaymon Nizomiddinovich!

Institut yoshlari bilan ishlash yo‘nalishi va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga qo‘shayotgan hissangizda muvaffaqiyatlar tilagan holda bugungi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik, mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!

Institut jamoasi