⚡️DIQQAT, TANLOV!⚡️

“ARTSCURE ENTERPRISE” MChJ hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorlikda “Ijodkorlarni kashf etamiz!” nomi ostida San’atshunos va muzeyshunoslar tanloviga start berdi!

Tanlovga ko‘ra ishtirokchilar san’atning istalgan bir turiga mansub san’at asarini tanlab, unga ta’rif beradi hamda 2 daqiqadan oshmagan videorolik tayyorlashadi.

🟡 Tayyorlangan materiallar joriy yilning 30-iyun sanasiga qadar @art_admin_01 telegram profiliga taqdim etilishi lozim.

Loyihada qatnashganlarning barchasiga online esdalik sertifikat yuboriladi, g‘olib bo‘lgan 3 ta o‘rin egalari pul mukofotlari hamda esdalik sertifikatlar bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 3 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 1 500 000 so‘m

✔️ Shuningdek, tanlov g‘oliblari mehnat shartnomasi asosida doimiy onlayn ish o‘rni bilan ta’minlanadi.