BIRINCHI KITOBIM” LOYIHASI TAQDIMOTI

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Birinchi kitobim” loyihasida nazm, nasr, dramaturgiya va tarjima yo’nalishlarida ijod qilayotgan 25 nafar yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari 5000 nusxada chop etildi.

Ushbu ijodkorlar orasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Axborot siyosati va masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, institut matbuot kotibi Quddusbek Asadullayevning “Dolg’a” nomli she’riy kitobi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at fakulteti “Amaliy san’at me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Erkinjon Hojimatovning “Fotiha” nomli she’riy kitobi chop etildi.