⚡️DIQQAT, TANLOV!⚡️

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “ONA YURT QALQONI” mavzusida videoroliklar va rasmlar tanlovi e’lon qilindi!

Unda, yoshlarda vatanga bo‘lgan muhabbat va qurolli kuchlarimizga  bo‘lgan yuksak ishonchni uyg‘otuvchi videorolik hamda o‘zingiz tomoningizdan chizilgan ijodiy ishlarni 14-yanvar soat 12:00 ga qadar telegramdagi @abdurahmon_ravshanovich manziliga yuboring!

✨Tanlov uchun taqdim etilgan video lavhalar 2-3 daqiqa oraligʻida hamda ishtirokchilar tomonidan montaj qilingan holatda bo‘lishi talab etiladi.

Tanlov g‘oliblari 15-yanvar kuni maxsus esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.