“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga 2024-yil uchun nomzodlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi

🎖“Mard oʻgʻlon” davlat mukofotiga 2024-yil uchun nomzodlardan hujjat qabul qilish jarayoni boshlandi

Mazkur davlat mukofotiga so‘nggi uch yilda o‘tkazilgan loyiha va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan, jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan hamda mardlik va jasorat, qat’iyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlari, o‘zining chuqur bilimi, tashabbuskorligi, ishbilarmonligi, shijoati va fidoyiligi bilan ajralib turgan iqtidorli yigitlar tavsiya etiladi.

Hujjatlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma (https://telegra.ph/YORIQNOMA-01-16)

Hujjatlar ro‘yxati (https://telegra.ph/HUJJATLAR-ROYXATI-01-16)

Talabgorlar o‘z hujjatlarini doimiy yashash manzili joylashgan hudud bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlarida tashkil etilgan komissiyaga topshirishlari tavsiya etiladi.

(https://tatuff.uz/wp-content/uploads/2021/02/P%D2%9A-3402-21.11.2017-j.-2.pdf)Mazkur mukofot uchun o‘z nomzodini qo‘yish istagidagi talabgorlardan tanlov yo‘riqnomasi bilan batafsil tanishib chiqishlari so‘raladi!