DIQQAT, TANLOV!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligi Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovini e’lon qiladi!

Mazkur tanlovda o‘zining ilmiy g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

🗒 Tanlovga arizalar joriy yilning 15-fevral kuniga qadar tanlovning rasmiy sayti www.vorislar.uz dan ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Tanlov yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi mas’ul xodimi J.Ergashev (97 411 93 54) ga murojaat etishingiz mumkin.