Siz ijodiy sohada uzoq va muvaffaqiyatli mavqega erishmoqchimisiz? Raqamli tasvir va animatsiyada ajoyib natijalarga erishish uchun uzoq muddatli qarashlarga egamisiz? Innovatsion ko’nikmalar va haqiqiy xalqaro ish tajribasi bilan qurollanib olish uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning.
Bundan tashqari siz shaxsiy portfolioingizni kengaytirish, shuningdek, o’z ijodiy iste’dodingizni dunyoga namoyon qilish imkoniga ega bo’lasiz!
SixClouds Milliy Rassomlik va Dizayn instituti bilan hamkorlikda raqamli tasvir va animatsiya bo’yicha o’quv dasturini olib bormoqda.
Ushbu dasturning maqsadi;
- O’zbekistonda yosh va iqtidorli rassomlarni raqamli tasvir va animatsiya sohasida texnik mahorat bilan jihozlash.
- Raqamli san’at va ijodkorlik sohasida ustunlik qilish uchun zarur bo’lgan mahorat va imkoniyatni taqdim etish.
Ushbu dasturda ishtirok etadigan talabalar quyidagilarga ega bo’lishadi; - Sanoat doim yangi texnologiyalarni joriy qiladigan dizayn va ijodiy mavqega erishish uchun asosiy raqamli tasvir va animatsiya bilan ishlash ko’nikmalarini o’rganish.
- Hatto o’qish vaqtida haqiqiy biznes loyihadari ustida ishlash va bebaho tajriba orttirish.
-Haqiqiy tijorat loyihalari yordamida, ularga yirik ijodiy kompaniyalarga ishga kirishga yordam beradigan shaxsiy ijodiy portfoliosini kengaytirish.
-Dastur davomida amalga oshirilgan ishlar orqali o’z ijodiy iqtidorlarini global auditoriya oldida namoyish etish. Talabalarning ismlari tugallangan tijorat loyihalariga kiritiladi.
Аriza berish tartibi - Raqamli tasvir va animatsiya dasturiga yozilishni xohlovchilar arizani to’ldirib, topshirishlari lozim.
-Qiziqqan talabalar institutda ariza formalarini so’rashlari va to’ldirilgan blanklarni bir hafta ichida topshirishlari mumkin.
Talabalar o’zlarining arizalaridagi ijodiy ishlariga ko’ra tanlanadi.Tanlangan talabalar suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan o’tgan talabalar dasturga kiritiladi.
Dastur rejasi
-Odatda bunday kurslarda o’qish narxi 2400 dan 3000 АQSh dollarigacha. Tanlangan talabalar kurslarga bepul qatnaydilar.
-Dastur ta’lim va ishga birktirish bosqichlaridan iborat. - Ta’lim muddati – 3 oy. Talabalar har hafta uch soatlik darslarga qatnaydilar.
- Talabalar raqamli dizayn va animatsiya jarayonlarining turli jihatlarini qamrab oluqchi mavzularni, shu jumladan, trassirovka, raqamli tasvir, animatsiya, ovoz berish post-prodakshnni o’rganadilar.
- O’quv mashg’uloti oxirida talabalar 6 oy mobaynida ishlay boshlaydilar. Ushbu davr davomida talabalarga o’quv dasturni to’lash evaziga bajarilishi kerak bo’lgan xalqaro tijorat loyihasi topshiriladi.
-Talabalarning ismlari tugallangan tijorat loyihalariga kiritiladi.
Ushbu loyihada ishtirok etmoqchi bo’lgan talabalar diqqatiga! O’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to’ldirib, Chizmalarni tegishli dekanatlarga 15 martga qadar topshirishingiz so’raladi!
Institut bo’yicha 20 ta talaba tanlab olinadi!