🌸 Bizning faxrli talaba-qizlar! 🌸

O‘zbekiston xotin-qizlarining ommabop, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-bezakli jurnali hisoblangan “Saodat” jurnalining navbatdagi sonida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olayotgan va nufuzli davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talaba-qizlarning ilmiy-ijodiy faoliyati to‘g‘risida “Sukunat tilida so‘zlovchi ranglar” mavzusidagi maqola nashr etildi.

 

“Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi” sohibasi Maftuna Toshtemirova, “Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi” sohibasi Hilola Yo‘ldosheva, “Prezident davlat stipendiyasi” sohibasi, institut tayanch doktoranti Gulnoz Jalolova va “Prezident davlat stipendiyasi” sohibasi Muzaffara Ishanovalar milliy san’atimiz rivoji yo‘lidagi harakatlari va kelajakdagi maqsadlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini izhor etishdi.

 Ilm va ijod yo‘lidagi qizlarimizga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!