O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “Izlam” rukni ostida chop etilgan to‘qqiz nafar yosh va iste’dodli ijodkorlarning mualliflik kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, mazkur ijodkorlar orasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti Madina Norchayevaning ham “Qumaru” nomli she’riy to‘plami o‘rin olgan.
Mazkur ijodiy to‘plamlarning har biri 10 ming nusxadan (jami 90 ming nusxa) chop etilgan. Institut jamoasi nomidan iste’dodli va izlanuvchan Madina Norchayevani o‘ziga xos to‘plam bilan muborakbod etgan holda kelgusidagi ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lishini tilaymiz!