Kamoliddin behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizyn instituti tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga muvofiq tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
oliy ma’lumotga (bakalavr) ega boʻlish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab etgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega boʻlishi;
namunaviy shaxsiy fazilatlartiga, shu jumladan, madaniyatli, mas’uliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor boʻlish;
mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlish.
Ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.
Izoh: Institutda hozirgi kunda tyutorlik bo‘sh ish o‘rni mavjud emas
Foydali resurslar va keyingi qadamlar
Institut faoliyati, ta'lim dasturlari va talabalar uchun muhim havolalar
Abituriyentlarga
Ta'lim yo'nalishlari va Qabul
Bakalavriat va magistratura yo'nalishlari, qabul kvotalari va talablar.
Resurslar
Elektron kutubxona (ARM)
Darsliklar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va san'at albomlari fondi.
Murojaat
Virtual qabulxona
Institut rahbariyatiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat yoki taklif yuboring.