⚜️XITOY — O‘ZBEKISTON KO‘RGAZMASI⚜️

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, Fan va Innovatsiyalar vazirligining 28.08.23 yildagi 7/17-4/4-6241-sonli xati ijrosi yuzasidan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Art menejment va galeriya ishi yoʻnalishi 4-bochqich talabalari kafedra katta o‘qituvchisi Baxtiyor Bahronov boshchiligida Toshkent davlat Agrar universitetida tashkil etilgan Xitoy — Oʻzbekiston koʻrgazmasida ishtirok etishdi.

✍🏻MRDI Matbuot xizmati

⚜️TANISHUV DARSLARI⚜️
⚡️Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetida “Birinchi bosqich maktabi” tadbirlari doirasida “Muzeyshunoslik” kafedrasi oʻqituvchilari Feruza Hasanova, Umidjon Alimov va Suhrob Qayumovlar boshchiligida 1-bosqich talabalari Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga borishdi.
⚡️Sayohat davomida talabalarga “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” muzeyi ekspozisiyasiga namoyishga qo‘yilgan Ikkinchi jahon urushi davri tarixiga oid 2020-2023 yillarda to‘plangan muzey ashyolari hozirgi kunda 13 mingdan ortiq ekanligi, ilmiy xodimlar tomonidan hozirda ularni ilmiy o‘rganish, o‘rnatilgan tartibda fondlarga ajratish, skanerlash, raqamli bazasini yaratish, bosqichma-bosqich ekspozisiyaga namoyishga qo‘yish kabi murakkab vazifalar amalga oshirilayotganligi haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.
✍🏻MRDI Matbuot xizmati

⚡️SPORTSEVAR YOSHLAR DIQQATIGA!⚡️

Bugun soat 19:00 da JAR stadionida futbol boʻyicha U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichi boʻlib oʻtadi.

🇭🇰 GONG KONG va OʻZBEKISTON 🇺🇿

🗓 Kirish — 17:30 dan boshlanadi

Institut talabalari uchun kirish mutlaqo bepul!

⚽️ Futbol ishqibozlarini stadionga chorlaymiz.