AMALIY SAN'AT FAKULTETI

Fakultet dekani : Qaytarov Xasan Shonazarovich

Qabul kunlari: Seshanba, Juma Soat 14.00- 16.00

 Tel:                   (71) 254 64 99,      90.375-82-78

 E-mail:            shoshiy@mail.ru

Lavozim vazifasi:

  • fakultetda o‘quv, ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
  • fakultetdagi mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
  • oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashi qarorlarining bajarilishininazoratqiladi;
  • fakultet boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;
  • kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
  • o‘quv-tarbiyaviy jarayon hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliyoti ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
  • talabalarning mustaqil ishi, shuningdek, ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkiletadi;
  • talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari:Azimov Farhod Erkinovich

Lavozimi:Amaliy san’at fakultetining o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

Lavozim vazifasi: Fakultetda o’quv jarayoninitashkil etilishini nazorat qilish va shakllantirish

Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14:00-17:00

Telefon raqami: (90)-3162277

Telegram:@farhodazimov1986

E-mail:az.farhod1986@mail.ru

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

 

Qabul kunlari: Dushanba, chorshanba, juma: 9.00-12.00

Telefon:                                               

E-mail: 

Lavozim vazifasi: Talabalarning o`z ustida ishlashini tashkil etish, xalqaro grantlar hamda loyihalarida qatnashishlariga ko`mak berish va faol ishtirokini ta’minlash.

Amaliy San'at Fakulteti

1997 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilishi bilan uning bazasida Amaliy san’at fakulteti o‘z faoliyatini boshlagan. Ayni paytda mazkur fakultet bakalavriat bosqichi 3 ta ta’lim yo‘nalishi (amaliy san’at, haykaltaroshlik, dizayn) bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlovchi tayanch fakultet hisoblanadi.

Fakultetda etuk malakali mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan 3 ta mutaxassis kafedra (Reklama va amaliy grafika, Badiiy kulolchilik va ta’mirlash, Haykaltaroshlik) faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda mazkur kafedralarda 6 ta Reklama va amaliy grafika, Kompyuter grafikasi va badiiy foto, Badiiy kulolchilik, Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash, Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash, Haykaltaroshlik ixtisosliklari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

Fakultetda bakalavr bosqichining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanadi:

  • Professional ta’lim: amaliy san’at (amaliy  san’at asarlarini ta’mirlash)
  • Kasb ta’limi: amaliy  san’at asarlarini ta’mirlash
  • Haykaltaroshlik (mahobatli)
  • Haykaltaroshlik (Mayda plastika)
  • Amaliy san’at: badiiy kulolchilik
  • Amaliy san’at: Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash
  • Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
  • Menejment (ART menejment va galereya ishi)

Shuningdek, fakultetda magistratura bosqichi bo‘yicha 3 ta mutaxassislik mavjud:

  • 5A151101 – Haykaltaroshlik (mahobatli).
  • 5A151202 – San’at asarlari va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash.
  • 5A151203 – Badiiy kulolchilik.