"O'zbek va xorijiy tillar" kafedrasi

 

Kafedra mudiri:  

Azizova Gulnora Shakirdjanovna 

 

Qabul kunlari: dushanba-juma kunlari soat 09:00-16:00 gacha.

Telefon raqami:+99893 888-07-30

 

KAFEDRA HAQIDA

    Kamoliddin
Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida dastavval, “Tillar va
adabiyot” kafedrasi
sifatida     1999-yil avgust oyida Kamoliddin Behzod
nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti  San‘atshunoslik fakulteti tarkibida
tashkil etilgan.Institut Kengashining 2019-yil 30-avgustda utkazilgan 1-sonli
majlisida, Tillar va adabiyot kafedrasida o‘tiladigan fanlar instituti  mavjud bo’lgan 4 ta fakultetdagi barcha
talabalarga o‘qitilayotganligi, mazkur kafedra mutaxassis chiqarmaydigan  kafedra ekanligini  inobatga olgan holda, San‘atshunoslik
fakulteti tarkibidan chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘quv va tarbiyaviy ishlar
bo‘yicha prorektorga buysunishi ma‘qullangan. Institut Kengashining 2020-yil
29-avgustda o’tkazilgan 1-sonli majlisida kafedra nomi “O’zbek va xorijiy
tillar” kafedrasi deb qayta nomlangan. 2022-
yildan,esa  San‘atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti tarkibida  faoliyat  yuritmoqda.

 

Kafedraning maqsadi: talabalar ijodiy va g‘oyaviyـma’naviy saviyasini shakllantirish,xorijiy, rus va ozbek tillarida og‘zaki, yozma nutq ko‘nikmalarini va imlo savodxonligini
rivojlantirish.
Shuningdek, ularni jahon va ozbek  adabiyotining durdona asarlaridan boxabar   etishdir.

 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar

Kafedrada quyidagi fanlardan bakalavr va magistr bosqichlarida darslar olib boriladi:

  • Xorijiytil (ingliz tili)
  • Amaliy ingliz tili
  • Amaliy xorijiy til
  • O‘zbek tili
  • Rus tili
  • Jahon va o‘zbek adabiyoti tarixi
  • Nutq madaniyati
  • O’zbek adabiyoti tarixi  (tanlov fan)
  • Badiiy adabiyot  (tanlov fan)