"Amaliy bezak san’ati" kafedrasi tarixi

Kafedra mudiri:   

Dilshodjon To`rayevich Xaytmetov

Ilmiy darajasi:

Ilmiy unvoni:Dotsent

Qabul kunlari: Seshanba:15:00-17:00 Juma: 15:00-17:00

Telefon: (71) 254-64-99

E-mail: naqqosh79@gmail.com

"Amaliy bezak san’ati" kafedrasi tarixi

Amaliy bezak san’ati ” kafedrasi 2023 yili fevral oyidan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Badiiy kulol va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash” kafedrasidan ajralib chiqib, alohida kafedra bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.

Amaliy bezak san’ati ” kafedrada hozirgi kunda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanadi:

"Amaliy bezak san’ati" kafedrasi maqsadi

-Amaliy bezak sanʼati sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;

-Milliy va zamonaviy sanʼat yo‘nalishlarini rivojlantirish, ijodiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash;

-Sanʼat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

"Amaliy bezak san’ati" kafedrasi vazifalari

-talabalarga amaliy bezak sanʼati bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berish;

-amaliy bezak san’atining zamonaviy bezak hamda asoslarini o‘rgatish;

-amaliy sanʼat texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarni tadqiq qilish;

-anʼanaviy va zamonaviy bezak sanʼati uslublarini uyg‘unlashtirish va rivojlantirish;

-o‘quv-uslubiy materiallar, darslik va qo‘llanmalar yaratish;

-talabalarni ijodiy loyihalar va tadqiqot ishlariga jalb qilish;

-sanʼat sohasida xalqaro va mahalliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

amaliy bezak sanʼati bo‘yicha ko‘rgazmalar, tanlovlar va seminarlar tashkil etish

"Amaliy bezak san’ati" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi

Dilshodjon To‘rayevich Xaytmetov

1979-yil 5-iyunda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2007-yil Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavriat bosqichini, 2013-yil magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi – Tasviriy san’at. “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi mudiri, dotsent. 15 dan ortiq ilmiy, ijodiy ishlar, jumladan: hammualliflikda 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma  mualifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Pedagogik staji – 28  yil.

Dars beradigan fanlari: Loyihalash, ashyolarda ishlash, naqqoshlikda kompozitsiya.

 

E-mail: naqqosh79@gmail.com

Dadamuxamedov Fasxiddin Gulyamovich

1953-yil 26-mayda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1975-yil. A.Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomlik (hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn) institutini  tamomlagan. Mutaxassisligi San’atshunos”. “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi professori. O‘zbekiston xalq ustasi. 10 dan ortiq ilmiy, ijodiy ishlar muallifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Pedagogik staji – 15 yil.

Dars beradigan fanlari:

Loyihalash, ashyolarda ishlash, mutaxassislik bo‘yicha san’at tarixi, zargarlikda kompozitsiyaning badiiy yechimi, zargarlikda filigran texnikasi, zargarlikda filigran texnikasi

Gulyamov Komiljon Maxmudovich

1968-yil 2-iyulda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy.
2006-yil Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – “Chizmachilik, tasviriy san’at va mehnat o‘qituvchisi”. “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc). 100 dan ortiq ilmiy, ijodiy ishlar, jumladan: hammualliflikda 1 ta darslik, 1 ta elektron darslik, hammualliflikda 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta yakka mualliflikda o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya  mualifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda.

Pedagogik staji – 32  yil.

Dars beradigan fanlari: ASATda loyihalash, ASATda ashyolar texnologiyasi, ASAT asoslari, amaliy san’at turlari, amaliy san’atda ashyoda ishlash, kompyuterda badiiy loyihalash, mutaxassislik bo‘yicha san’at tarixi,  zamonaviy amaliy bezak san’ati.

Mansurov Nigmat Axmedovich

1962-yil 23-oktabrda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1991-yil Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – “Chizmachilik, tasviriy san’at o‘qituvchisi”. “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi dotsenti. Shu kunga qadar 20 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta metodik qо‘llanma, 8 ta xalqaro va 3 ta respublika konferensiyalarda maqolalari chop etilgan. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Pedagogik staji – 37 yil.

Dars beradigan fanlari: Ashyolar texnologiyasi, ta’mirlash asoslari, ASAtda ashyolarda ishlash, ganchkorlik san’ati, ashyolarda ishlash, amaliy san’at turlari, san’atda kompozitsiya, ta’mirlashda ish yuritish, amaliy san’at bezak turlari.

Joniyeva Iroda Yoqubovna

1971-yil 5-sentabrda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 2006-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – “Аrxitektura nazariyasi va tarixi”. “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi v/b dotsenti. 1 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq ilmiy, ijodiy ishlar mualifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda.

Pedagogik staji -17 yil.

Dars beradigan fanlari: Ashyolarda ishlash.

Axmedov Rovshan Tolkunovich

1983-yil 18-fevralda tavallud topgan. Ma’umoti oliy. 2020-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini  tamomlagan. Mutaxassisligi – “San’at asarlari va me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash”. “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi o‘qituvchisi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. 5 dan ortiq ilmiy, ijodiy ishlar mualifi. Pedagogik staji -11 yil.

Dars beradigan fanlari:Ashyolarda ishlash, amaliy san’at turlari, ASATda loyihalash, kulolchilik bezak turlari, loyihalash, rangshunoslik va kompozitsiya asoslari.

Abdudaeva Sadoqat Sa’dullayevna

1988-yil 19-oktabrda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2012-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – “San’at asarlari va me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash”. “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi o‘qituvchisi. 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Pedagogik staji – 8 yil.

Dars beradigan fanlari: Materialshunoslik, loyihalash, mutaxassislik bo‘yicha san’at tarixi.

Dadamuxamedov Bobir Fasxitdinovich

1989-yil 14-avgustda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2014-yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – “Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi. “Amaliy bezak san’ati” kafedrasi o‘qituvchisi, san’atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD). 10 dan ortiq ilmiy ishlar mualifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda.

Pedagogik staji – 3 yil.

Dars beradigan fanlari: Loyihalash, ashyolarda ishlash, ashyolar texnologiyasi, mayda plastika, nusxa ko‘chirish, zargarlik san’ati tarixi, materialshunoslik, zargarlikda naqsh turlari.

"Amaliy bezak san’ati" kafedrasida mavjud yo'nalishlar

Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:

  • Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash:
  • Professional ta’lim: Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash”
  • Badiiy zargarlik:
  • Badiiy naqqoshlik.

 Sirtqi ta’lim yo‘nalishlari:

  • Professional ta’lim: Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash:
  • Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash.

Magistratura ta’lim yo‘nalishi:

  • Tasviriy va amaliy bezak san’ati.

"Amaliy bezak san’ati" kafedrasida o'tiladigan fanlar

  • loyihalash,
  • ashyolarda ishlash,
  • ta’mirlash asoslari, 
  • rangshunoslik va kompozitsiya asoslari,
  • materialshunoslik, 
  • ashyolar texnologiyasi, mutaxassislik bo‘yicha haykaltaroshlik,
  • amaliy san’at turlari, mutaxassislik bо‘yicha san’at tarixi,
  • kulolchilik bezak turlari,
  • amaliy san’atda kompozitsiya, konservatsiya nazariyasi,
  • ta’mirlashda hujjat yuritish.
  • zargarlikda kompozitsiyaning badiiy yechimi
  • zargarlikda naqsh turlari
  • zargarlikda filigran texnikasi
  • zargarlikda zarblash texnikasi

Innovatsion hamkorlik

Bugungi kunda Amaliy bezak san’ati kafedrasining quyidagi ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari mavjud:

  • Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi
  • Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi
  • Barkamol avlod bolalar maktabi
  • Olmazor kasb-hunarga o‘qitish markazi
  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
  • “Ulug‘ Meros” xayriya jamoat fndi “Abdulqosim” madrasasi
  • Ikuo Hiroyama Xalqaro madaniyat karvon saroyi