HAYKALTAROSHLIK KAFEDRASI

Kafedra mudiri:
USMANOV NODIRBEK SHAVKATOVICH
Ilmiy darajasi:
Ilmiy unvoni:
Qabul kunlari: Chorshanba, Shanba: 15:00-17:00
Telefon raqami:(90) 174-01-25
E.mail: art-sculpture@bk.ru
“Haykaltaroshlik” kafedrasi tarixi
1959-yildan Haykaltaroshlik kafedrasida Chelishev Pyotr Panfilovich, Ulug’bek Mardiyev, Ahmedov Anvar Kamilovich, Raxmatullayev Anvar Abrorovich, Vanyakin Vitaliy Vasilievich, Tadjikhodjayev Tulyagan, Baymatov Abdumumin, Malaxov Viktor, Mirtojiyev Ravshan Tursunovich, Jabbarov Kamol, Mukhtarov Bayat Pulatovich, Ermetov Rustam kabi haykaltaroshlar pedagogik faoliyatni olib bordilar. Shuningdek, institut bitiruvchilari Raxmatullayev Anvar Abrorovich, Ulug’bek Mardiyev, Tadjikhodjayev Tulyagan, Mirtojiyev Ravshan Tursunovich, Jabbarov Ilhom shu yerda pedagogik faoliyatlarini boshladilar. Kafedraga I.E. Repin institutini tamomlagan kadrlar ham qo‘shilib faoliyat yuritgan, jumladan: 1965-yilda Ahmedov Anvar Kamilovich, 1986-yilda Baymatov Abdumumin, 1999-yilda Jabbarov Kamol.
1991-yilda institut Manon Uyg‘ur nomidagi Toshkent teatr va rassomlik instituti deb o‘zgartirildi. 1986-yildan 1998-yilgacha kafedra mudiri bo‘lib Baymatov Abdumumin faoliyat yuritdi. 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimovning farmoni asosida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tasviriy san’at fakulteti negizida alohida institut sifatida ajralib chiqdi. “Haykaltaroshlik” yo‘nalishi “Mahobatli rangtasvir” kafedrasining tarkibida faoliyat yuritdi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, raqobatbardosh va zamonaviy talablar bilan javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining ruxsati asosida va MRDI Ilmiy Kengashining 2003-yil 30-maydagi qaroriga binoan “Haykaltaroshlik” yo‘nalishi “Mahobatli rangtasvir” kafedrasidan alohida kafedra bo‘lib ajralib chiqdi va Kuryazov Ulug’bek Turayevich kafedraga 2003-2011 yillarda rahbarlik qildi. 2011-2018 yillarda Saidov O‘ktam Rajjaboyevich yetti yil kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritdi, keyin 2018-2019 yillari O‘raqov Anvar Ulash o‘gli kafedraga rahbarlik qildi, 2019-2020 yillari Yusupov Ulug’bek Qodirovich kafedra mudiri bo‘ldi, 2020-2022 yillari Gilmanova Nafisa Valiyevna ikki yil kafedra mudiri bo‘ldi va Kuryazov Ulug’bek Turayevichga topshirdi. 2023-yildan hozirgi kungacha kafedra mudiri lavozimida Usmanov Nodirbek Shavkatovich faoliyat yuritib kelmoqda.
Haykaltaroshlik kafedrasi, Tasviriy san’at fakultetining 20 yildan ortiq faoliyati davomida Markaziy Osiyoda tasviriy va amaliy san’at beshigi vazifasini o‘tab kelmoqda. Kafedra tasviriy va amaliy san’at sohasini rivojlantirish, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli ko‘rgazma, haykaltaroshlik simpoziumi va tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqda.
“Haykaltaroshlik” kafedrasining asosiy maqsadi:
-haykaltaroshlik sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
-haykaltaroshlik san’atining metodikasi va pedagogikasini rivojlantirish, talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish;
-san’at sohasida kreativ fikrlashni rivojlantirish va yangi badiiy texnikalar, usullarni o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
-mahalliy va xalqaro san’at festivallari, ko‘rgazma va simpoziumlarda faol ishtirok etish, kafedra talabalarini professional san’at olamiga tayyorlash;
-haykaltaroshlik san’atida innovatsion texnologiyalar va raqamli asarlarni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
“Haykaltaroshlik” kafedrasining vazifalari:
-talabalarga haykaltaroshlik sanʼati bo‘yicha nazariy va amaliy bilim berish;
-talabalarga zamonaviy haykaltaroshlik uslublari va texnikalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
-haykaltaroshlik sohasidagi innovatsion va eksperimental texnologiyalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish;
-anʼanaviy va zamonaviy bezak sanʼati uslublarini uyg‘unlashtirish va rivojlantirish;
-o‘quv-uslubiy materiallar, darslik va qo‘llanmalar yaratish;
-talabalarda estetik, kreativ fikrlashni rivojlantirish, ularni badiiy va madaniy jihatdan boyitish;
-sanʼat sohasida xalqaro va mahalliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
-haykaltaroshlik san’ati bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosida turli tanlovlar, ko‘rgazmalar va ilmiy tadbirlar tashkil etishda faol ishtirok etish;
-haykaltaroshlik san’at asarlarini yaratishda zarur bo‘lgan materiallar va vositalar haqida chuqur bilim berish, shuningdek, ularni to‘g‘ri tanlash va qo‘llashni o‘rgatish;
"Haykaltaroshlik" kafedrasida mavjud yo'nalishlar
“ Haykaltaroshlik ” kafedrada hozirgi kunda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanadi:
Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:
- Haykaltaroshlik mahobatli:
- Haykaltaroshlik mayda plastika:
Magistratura ta’lim yo‘nalishi:
- Haykaltaroshlik turlari bo`yicha
Bugungi kunda kafedrada 2 nafar akademik-professor, 1 nafar O‘zbekiston xalq rassomi professor, 2 ta OAK dotsenti, 1 ta Institut dotsenti hamda 2 nafar katta o‘qituvchi va 2 nafar o‘qituvchilar talabalarga dars berib kelmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati 36 % ni tashkil etadi.
“Haykaltaroshlik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi

Usmanov Nodirbek Shavkatovich
1973-yil 8-oktyabrda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1998 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (kunduzgi) Maʻlumoti bo‘yicha mutaxassisligi : me’morchilik bezaklari plastikasi rassomi bo‘limini tamomlagan. Ko‘plab ilmiy va ijodiy ishlarning muallifi, jumladan: 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta haykaltaroshlar uchun anatomiyadan tarjimasi muallifi. Turli xalqaro va respublikada o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda hamda simpoziumlarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi mudiri.
Pedagogik staji – 5 yil.
Dars beradigan fanlari: Haykaltaroshlik, kompozitsiya, ashyolarda ishlash, dekorativ haykaltaroshlik.

Jabborov Ilhom
1945 – yil 30 iyun oyida tavallud topgan maʻlumoti oliy. 1971 y. Toshkent teatr va rassomlik instituti (kunduzgi) bo‘limini tamomlagan. Maʻlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: rassom-haykaltarosh O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʻat arbobi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi I – darajali Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi aʻzosi, Haykaltaroshlik kafedrasi professori. Ko‘plab ijodiy ishlar sohibi. O‘quv yurtidagi staji 26 yil. Dars beradigan fanlari: Haykaltaroshlik, kompozitsiya, ashyolarda ishlash, dekorativ haykaltaroshlik. jonli odam qomatining anatomic chizmatasviri, kompozitsiyada badiiy yechim, haykal plastikasining badiiy yechimi, loyihalash va me’mor maslahati.

Xatamov Azamat Kamalovich
1952- yil 14 fevralda tavullud topgan. 1982 y. I.E.Repin nomidagi Rangtasvir, haykaltaroshlik va meʻmorchilik instituti (kunduzgi) maʻlumoti oliy. Maʻlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: haykaltarosh-rassom. O‘z BA “Oltin” medali sohibi.
“Do‘stlik” ordeni sohibi, O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi aʻzosi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, ko‘plab ijodiy ishlar muallifi 1 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi professori. Pedagogik staji – 14 yil.
Dars beradigan fanlari: Haykaltaroshlik, kompozitsiya, ashyolarda ishlash, dekorativ haykaltaroshlik. chizmatasvirida badiiy yechim, kompozitsiyada badiiy yechim, haykal plastikasining badiiy yechimi.

Annazarov Jasvantbek Baxramovich
1987 – yil 12 iyunda tavallud topgan maʻlumoti oliy. 2010 yil Kamoliddin Bexzod nomidagi rassomlik va dizayn instituti Magistratura bo‘limini tamomlagan. Maʻlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Haykaltarosh . 2015 y. “Eʻtirof 2015” , 2018 y. “Shuhrat” medali 2020 y, “O‘zbekiston Respublikasi Xalq rassomi”, 2023 y O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestattsiya komissiyasi professor ilmiy unvoni bilan taqdirlanga ko‘plab ijodiy ishlar muallifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi professori. Oliy o‘quv yurtidagi mazkur institutdagi pedagogik staji – 12 yil. Dars beradigan fanlari: Haykaltaroshlik, kompozitsiya, ashyolarda ishlash, badiiy metall quyish sanʼati.

Kuryazov Ulug‘bek Turaevich
1965 – yil 21 dekabrda tavallud topgan. 1995 y. Toshkent davlat sanʻat instituti (kunduzgi). Maʻlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Meʻmoriy bezaklar plastikasi rassomi. 2 ta o‘quv qo‘llanma mualifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi dotsenti. Pedagogik staji – 24 yil.
Dars beradigan fanlari: Ashyolarda ishlash, haykaltaroshlik, mayda plastika kompozitsiyasi.

Usmanov Ulug‘bek Shavkatovich
1969 – yil 21 iyulda tavallud topgan. 1998 y. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (kunduzgi) bo‘limini tamomlagan. Maʻlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: meʻmoriy bezaklar plastikasi musavviri.
1 ta o‘quv qo‘llanma mualifi. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi dotsenti. Pedagogik staji – 14 yil.
Dars beradigan fanlari: Haykaltaroshlik, kompozitsiya, ashyolarda ishlash, dekorativ haykaltaroshlik. Mahobatli haykaltaroshlikda mayda plastika.

Saidov O‘ktam Rajjaboyevich
1980 – yil 9 oktyabrda tavallud topgan. 2004 yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini magistratura bo‘limini tamomlagan.
Maʻlumoti buyicha mutaxassisligi: dastgohli rangtasvir rassomi. Xalqaro va respublika miqyosidagi turli xil jurnallarda maqolalar chop etgan. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi katta o‘qituvchisi
Pedagogik staji – 20 yil.
Dars beradigan fanlari: Chizmatasvir.

Mirzaxashimova Nafisa Mirzaxamedovna
1959 yil 07 noyabr oyida tavallud topgan. 1981 y. Toshkent politexnika instituti (kunduzgi) bo‘limini tamomlagan. Maʻlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Arxitektor. 3 ta o‘quv qo‘llanma mualifi. Turli xalqaro hamda respublikalarda maqolalar chop etkan. Haykaltaroshlik kafedrasi dotsenti. Pedagogik staji – 14 yil.Dars beradigan fanlari: Loyihalash va me’mor maslahati, me’mor maslahati, haykaltaroshlikda landshaft loyihasi, maket va loyiha.

Xakimov Botir Baxadirovich
1985 – yil 12 aprel oyida tavallud topgan. 2009 y. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (kunduzgi) Maʻlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Haykaltarosh.
O‘z. B.A. “Oltin” medali sohibi. Xalqaro va respublika miqyosidagi turli xil jurnallarda maqolalar chop etgan. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi katta o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 10 yil.
Dars beradigan fanlari: Haykaltaroshlik, kompozitsiya, ashyolarda ishlash, dekorativ haykaltaroshlik. Mahobatli haykaltaroshlikda mayda plastika.

Asrorov O‘tkir Qudratovich
1984 – yil 15 oktyabrda tavallud topgan.
2017 y. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (kunduzgi)
Maʻlumoti bo‘yicha mutaxasisligi: Haykaltarosh. 2020 y. “Shuxrat” medali sohibi. Xalqaro va respublika miqyosidagi turli xil jurnallarda maqolalar chop etgan. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Pedagogik staji – 6 yil.
Dars beradigan fanlari: Haykaltaroshlik, kompozitsiya, ashyolarda ishlash, dekorativ haykaltaroshlik. Mahobatli haykaltaroshlikda mayda plastika, badiiy metall quyish sanʼati.

Raxmatov Rufat Saitovich
1989 – yil 7 noyabrda tavallud topgan. 2020 yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini magistratura bo‘limini tamomlagan.
Maʻlumoti buyicha mutaxassisligi: Haykaltarosh. Xalqaro va respublika miqyosidagi
turli xil jurnallarda maqolalar chop etgan. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi o‘qituvchisi.
Pedagogik staji – 4 yil.
Dars beradigan fanlari: Haykaltaroshlik, kompozitsiya, ashyolarda ishlash, dekorativ haykaltaroshlik, mahobatli haykaltaroshlikda mayda plastika, badiiy metall quyish sanʼati.

Tairova Xolida Xamidovna
1979 – yil 26 fevralda tavallud topgan. 2020 yil Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini magistratura bo‘limini tamomlagan. Maʻlumoti buyicha mutaxassisligi: Haykaltarosh. Xalqaro va respublika miqyosidagi turli xil jurnallarda maqolalar chop etgan. Turli xalqaro hamda respublikada o‘tkazib kelinayotgan ko‘rgazmalarda o‘zining ijodiy ishlari bilan ishhtirok etib kelmoqda. Haykaltaroshlik kafedrasi o‘qituvchisi.
Pedagogik staji – 3 yil.
Dars beradigan fanlari: Haykaltaroshlik, mayda plastika kompozitsiya, ashyolarda ishlash, mayda plastika bezaklari
“Haykaltaroshlik” kafedrasi tomonidan o‘qitiladigan mutaxassislik fanlar
Haykaltaroshliki mahobatli: chizmatasvir, haykaltaroshlik, mahobatli haykaltaroshlik kompozitsiyasi, mahobatli haykaltaroshlik ashyolarida ishlash, dekorativ haykaltaroshlik, me’mor maslahati, badiiy metall quyish san’ati, mahobatli haykaltaroshlikda mayda plastika.
Haykaltaroshliki mayda plastika: chizmatasvir, haykaltaroshlik, mayda plastika kompozitsiyasi, haykaltaroshlik ashyolarida ishlash, dekorativ haykaltaroshlik, me’mor maslahati, badiiy metall quyish san’ati, mayda plastika bezaklari.
Haykaltaroshlik turlari bo’yicha: chizmatasvirda badiiy yechimi, kompozitsiyada badiiy yechim, haykal plastikasining badiiy yechimi, loyihalash va me’mor maslahati, jonli odam qomatining anatomic chizmatasviri.
Innovatsion hamkorlik
Bugungi kunda Haykaltaroshlik kafedrasining quyidagi ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari mavjud:
- Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi
- Toshkent shahar Olmazor tumani OOO VIP-ART Sebzor 17/18 3a – 24 mas’uliyati cheklangan jamiyat
- “TIART” MChJ mas’uliyati cheklangan jamiyat