ILMIY BO‘LIM

Bo’lim boshlig’i: Aliyeva Nargiza Baxtixoziyeva

Telefon: (71) 255-98-39, 

E-mail: ilmiy_mrdi@.uz


Ilmiy va ilmiy –pedagogik kadrlar tayyorlash sektorining faoliyat yo‘nalishlari va vazifalari:
– O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’ati, zamonaviy badiiy jarayonlar, san’at va badiiy ta’limdagi ustuvor yo‘nalishlarga mvofiq grand dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotishlarini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va monitoringini amalga oshirish;
– institut professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlarining ilmi y potensialini rivojlantirish uchun yetarli shart sharoitlar yaratish;
– mahalliy va chet el ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;
– san’at sohasidagi erishilgan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish choralarini tashkillashtirish;
– institutning o‘quv-ilmiy-innovasion kompleks rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, ilmiy, ilmiy texnik va innovasion dasturlarda ishtirok etish orqali ilmiy pedagogik kadrlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish;
Ilmiy va ilmiy –pedagogik kadrlar tayyorlash sektorining vazifalari:
– institutning ilmiy faoliyatini kafedralar va bo‘limlar birga amalga oshirilishini tashkillashtirish;
-ilmiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishariga muvofiq grand dasturlari bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni normativ-huquqiy va ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash;
– fundamental, amaliy, innovasion tadqiqot ishlarini bajarish uchun Davlat dasturlari va xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va muvofiqlashtirish;
– kafedralar ilmiy salohiyatini oshirish, professor-o‘qituvchilarni ilmiy faoliyatga jalbetish;
– professor-o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish va nazoratga olish;

– institut professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini chop etish, monografiyalarni nashr etish, patent va mualliflik guvohnomalarini olishga ko‘maklashish va faoliyatni muvofiqlashtirish;
– institut professor-o‘qituvchilari va yosh olimlari ilmiy tadqiqot natijalarini institut, respublika, xalqaro nashrlarda chop etish, nufuzli xorijiy jurnallardagi nashr ishlarini ko‘paytirish;
– institut ilmiy faoliyatiga tegishli masalalar ko‘riladigan Kengashlarda ishtirok etish;
– institut professor-o‘qituvchilari ijodiy va ilmiy yutuqlarini mahalliy va xorijiy ko‘rgazmalar, yarmarkalar, ilmiy konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar va ilmiy seminarlardagi ishtirokini ta’minlash;
– grand dasturlari, ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar, buyruqlar, qarorlar, modemogrammalar va boshqa hujjatlarni kafedralar, bo‘limlarga yetkazish;
– institut ilmiy faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar analitik ma’lumotlarini institut rahbariyati va Kengashiga kiritish va hisobotlarni tayyorlash;
– institutning grand dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyati masalalariga tegishli buyruqlar, nizomlar va farmoyishlarni tayyorlash.