Asosiy kontentga o'tish

Digital-illyustratsiya

Picture4.jpg

Kafedra: Libos dizayni

To‘garak rahbari: Umarova Zuxra Sagdullayevna “Libos dizayni” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Mashg‘ulot vaqti: Seshanba, soat 13:30

To‘garak haqida

“Digital illyustratsiya” to‘garagi talabalarning raqamli tasvir yaratish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. To‘garak mashg‘ulotlarida Procreate va Ibis Paint dasturlari yordamida moda eskizlari, libos illyustratsiyalari, rang va fakturalarni raqamli tasvirlash usullari o‘rgatiladi. Mashg‘ulotlar talabalarning ijodiy tafakkuri, badiiy didi va zamonaviy raqamli dizayn texnologiyalaridan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Mashg‘ulot mavzulari

1. Raqamli moda illyustratsiyasiga kirish. Procreate va ibis Paint dasturlari, qurilmalar, ish muhiti, fayl formatlari

2. Procreate: moda qomati proporsiyalari, tayanch chiziqlar va stilizatsiyalangan figura. Amaliy ish: moda figurasi eskizini chizish

3. Procreate: libos silueti, shakli va konstruktiv chiziqlarini tasvirlash. Amaliy ish: moda figurasi asosida 2 ta libos eskizini ishlab chiqish

4. Procreate: rang palitrasi, qatlamlarda ishlash, yorug‘lik va soya. Amaliy ish: libos eskiziga rang va hajm berish

5. Procreate: denim, trikotaj va ipak matolar fakturasini ifodalash. Amaliy ish: uch turdagi mato fakturasidan namunalar yaratish

6. Ibis Paint: interfeys, cho‘tkalar, qatlamlar, tanlash va transformatsiya vositalari. Amaliy ish: moda figurasi va sodda libos eskizini chizish

7. Ibis Paint: rang berish, soya va yorug‘lik, mato fakturalari. Amaliy ish: libos eskizini rangli va fakturali ishlash

8. Procreate va ibis Paint imkoniyatlarini qiyoslash. Referenslar tanlash va moodboard tuzish. Amaliy ish: mavzu bo‘yicha raqamli moodboard yaratish

9. Moodboard asosida yaxlit moda obrazini ishlab chiqish. Amaliy ish: aksessuar va mato fakturalari bilan yakuniy rangli illyustratsiya tayyorlash

10. Yakuniy ishlarni tahrirlash, eksport qilish va mini-portfolio tuzish. Amaliy ish: 3–5 ta ishni jamlab, ijodiy taqdimot qilish

Foydali resurslar va keyingi qadamlar

Institut faoliyati, ta'lim dasturlari va talabalar uchun muhim havolalar

MRDI Logo MRDI