Asosiy kontentga o'tish

Rangtasvir

Picture6.jpg

Kafedra: Chizmatasvir

To‘garak rahbari: Sevara Vaxobjonovna Qosimova — Chizmatasvir kafedrasi o‘qituvchisi

Mashg‘ulot vaqti: Chorshanba, 12:20–13:20

 

To‘garak haqida

“Rangtasvir” to‘garagi yoshlarning tasviriy san’atga qiziqishini oshirish, estetik didi va badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda rangtasvirning asosiy qonun-qoidalarini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish maqsadida tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ranglar uyg‘unligi, issiq va sovuq ranglar, kompozitsiya, format, nisbat, yorug‘-soya va reflekslar bilan ishlashni o‘rganadilar. Natyurmort, interyer kompozitsiyasi va gipsdan yasalgan antik bosh tasvirini bajarish orqali kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash va ijodiy mahorat rivojlantiriladi.

Mashg‘ulot mavzulari

1. Rangtasvirning asosiy tushunchalari va tasviriy san’atdagi o‘rni

2. Ranglar doirasi, asosiy va hosila ranglar

3. Issiq va sovuq ranglar, ranglar uyg‘unligi

4. Natyurmort kompozitsiyasini tuzish

5. Buyumlarni formatga to‘g‘ri joylashtirish

6. Nisbatlar va o‘lchamlarni aniqlash

7. Yorug‘-soya munosabatlarini tasvirlash

8. Reflekslar va rang tuslarini ishlash

9. Monoxrom rangtasvir texnikasi

10. Rangli natyurmortni bosqichma-bosqich bajarish

11. Interyerda natyurmort kompozitsiyasi

12. Gips antik boshini rangtasvirda tasvirlash

13. Akvarel, guash va akril kabi rangtasvir materiallari bilan ishlash

14. Tabiiy va sun’iy yorug‘likda ranglarni kuzatish

15. Mustaqil ijodiy ishni yakunlash va tahlil qilish

Foydali resurslar va keyingi qadamlar

Institut faoliyati, ta'lim dasturlari va talabalar uchun muhim havolalar

MRDI Logo MRDI