Asosiy kontentga o'tish

Grafiklar klubi

Skrinshot 2026-11-06 142441.png

Kafedra: Amaliy grafika va badiiy fotografiya

To‘garak rahbari: Naima Urishboyevna Shukurlayeva — Amaliy grafika va badiiy fotografiya kafedrasi o‘qituvchisi

Mashg‘ulot vaqti: Chorshanba, soat 13:30

 

To‘garak haqida

“Grafiklar klubi” to‘garagining asosiy maqsadi — grafik dizayn yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularda grafika ashyolari va turli badiiy texnikalardan samarali foydalanib, mustaqil vizual tasvirlar hamda kompozitsiyalar yaratish bo‘yicha amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. To‘garak mashg‘ulotlari jarayonida talabalarni grafit qalam, ko‘mir, sangina, pastel, akvarel, tush-pero, linogravyura va boshqa grafik materiallar bilan ishlashga o‘rgatish, chiziq, shakl, rang, faktura, yorug‘-soya va kompozitsion yechimlarning badiiy-ifodaviy imkoniyatlarini o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, talabalarning ijodiy fikrlashi, badiiy kuzatuvchanligi, individual uslubi va zamonaviy grafik dizayn talablariga mos vizual yechimlar ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.

Mashg‘ulot mavzulari

1. Grafit qalamda natyurmort. Natyurmort kompozitsiyasi va joylashuvi

2. Shakl va nisbatlarni grafit qalamda ishlash

3. Yorug‘-soya orqali hajm berish

4. Ko‘mirda plastik shakl. Ko‘mir bilan tanishuv va massa ishlash

5. Kontrast va plastika

6. Yakuniy ko‘mir kompozitsiyasi

7. Sanginada obraz (portret). Obrazni tahlil qilish va eskiz

8. Shakl va ohanglar bilan ishlash

9. Xarakter va ifodaviylik

10. Tush va pero bilan dekorativ grafika. Chiziq ritmi va dekorativ elementlar

11. Kompozitsion bezak ishlash

12. Yakuniy dekorativ ish

13. Aralash texnika (qalam + tush). Texnikalarni uyg‘unlashtirish

14. Asosiy kompozitsiya yaratish

15. Bajarilgan ijodiy ishlarni kichik ko‘rikka tayyorlash

16. Akvarelda manzara. Rang va kayfiyat tushunchasi

17. Rang o‘tishlari va muhit

18. Yakuniy manzara kompozitsiyasi

19. Pastelda obrazli ish. Pastel fakturasi va rang

20. Obraz va emotsiya

21. Yakuniy pastel kompozitsiyasi

22. Linogravyura. Eskiz va soddalashtirish

23. O‘yish va bosmaga tayyorlash

24. Bosma va tahlil

25. Marker / rangli tushda illyustratsiya. Illyustratsiya g‘oyasi va eskiz

26. Rang va chiziq bilan ishlash

27. Yakuniy tasvirli nusxa olish

28. Erkin texnikada ijodiy ish. Texnika tanlash va konsepsiya

29. Yakuniy ijodiy ish

30. Yakuniy ijodiy ishlarni ko‘rikka tayyorlash

Foydali resurslar va keyingi qadamlar

Institut faoliyati, ta'lim dasturlari va talabalar uchun muhim havolalar

MRDI Logo MRDI