“Amir Temur va temuriylar davri tarixi – yoshlar ijodida” nomli ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilmoqda!


Mazkur ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining iqtidorli talabalari quyidagi mavzuga oid tasviriy san’at asarlari, tarixiy liboslar namoyishi bilan ishtirok etishlari mumkin:


Amir Temur va temuriylar davri me'morchiligi

Temuriy malikalar

Amir Temur – ilm-fan xomiysi.

Mirzo Ulug‘bek astronоmiya maktabi asoschisi

Temuriy hukmdor – Zahiriddin Muhammad Bobur. 


Ijodiy ishlar qabulinining oxirgi muddati: 2026-yil 15-mart.


Ko‘rgazma yakunida ishtirokchilar Temuriylar tarixi davlat muzeyi rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


Qo'shimcha ma'lumot va savollar bo‘yicha Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga uchrashishingiz yoki @shaxzod_1510 telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin!