Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ko'rgazmalar zalida Tasviriy san'at fakulteti "Dastgohli rangtasvir" kafedrasi Katta o'qituvchisi Anvar Usmonov kuratorligida 2026-yilning 22-24 oktabr kunlari “Akademik chizmatasvirdan namunalar” nomli ko'rgazma tashkil etilmoqda.
Ko'rgazmaning ochilish marosimi 2026-yil 22-oktabr kuni Soat: 11:30 da o'tkaziladi.
Manzil: Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uyda joylashgan Institut Ko'rgazmalar zali.
Barcha professor-o'qituvchilar, talabalar hamda san'at ixlosmandlarini mazkur ko'rgazmaga taklif etamiz!