Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda “Eng faol yil talabasi – 2026” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
- Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
- Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
- Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
- Yilning eng faol sportchi talabasi;
- Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
- Yilning eng faol ijodkor talabasi;
- Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
Respublika g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Talabalarning hujjatlarlari institutni fakultet dekanatlari tomonidan joriy yilning 7-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi hamda saralanadi. Har bir fakultetning saralangan talabalari uchun tanlov nominatsiyalari bo‘yicha institut bosqichi 10-noyabr kuni bo'lib o'tadi!
- “Yil talabasi” tanlovi nizomi
- Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998990363632