Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlik hamda qurol-yarog‘ning noqonuniy aylanishi va unga qarshi turishni shakllantirish maqsadida “Tasviriy san’at ishlari” tanlovi e’lon qilinadi.


Tanlovdan maqsad:

 Giyohvandlik va noqonuniy qurol savdosining jamiyatga salbiy ta’sirini tasviriy san’at orqali yoritish;

 Talaba-yoshlarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish;

 Sog‘lom, xavfsiz va tinch jamiyat g‘oyalarini targ‘ib etish.


Tanlov shartlari va talablari:

Tanlovda institutning tasviriy san’at va dizayn yo’nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar qatnashishi mumkin! 

Ishlar muallifning shaxsiy ijodi bo‘lishi shart;

Har bir ishtirokchi faqatgina 1ta ijodiy asar bilan qatnashishlari mumkin;

Asarlar belgilangan mavzuni to‘liq ochib berilishi; 

Mavzuga moslik, G‘oyaning dolzarbligi va ta’sirchanligi, Ijodiy yondashuv va badiiy mahoratga alohida e’tibor beriladi!


1-2-3-o’rin sohiblari pul mukofoti va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.


Ijodiy ishlar joriy yilning 25-fevraliga qadar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limiga topshirilishi so’raladi!


Barcha ijodkor yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!