Taniqli modelyer, konstruktor va tikuvchilik ustasi Lola Aslanova ishtirokidagi maxsus mahorat darsiga (Master class) brchani taklif etamiz!
Master class davomida zamonaviy moda yo‘nalishlari, libos konstruksiyasi asoslari, professional tikuvchilik sir-asrorlari, amaliy ko‘nikmalar va real tajribalar haqida o'z kasbining ustasidan ma'lumot olishingiz mumkin.
Ushbu mahorat darsi sizga o‘z ijodingizni rivojlantirish, moda sohasida yangi bilim va ilhom olish imkonini beradi.
Manzil: Yakkasaroy tumani, Askiya ko‘chasi 27-uyda joylashgan Dizayn fakulteti o‘quv binosi, Faollar zali.
Sana: 2026-yil 8-aprel
Boshlanish vaqti: 9:00
Barcha talabalarni ushbu mahorat darsida faol ishtirok etishga chorlaymiz!